Home > Konsultatsiya > Savol-javob > Viza turi: Turizm
Viza turi: Turizm
Admin
2015/11/21 10:02 am
1. Koreya Respublikasida ro'yxatdan o'tgan turizm kompaniyasi taklifnomasi. 2. Turizm kompaniyasi kafolat xati 3. Koreya Respublikasida ro'yxatdan o'tgan turizm kompaniyasi guvohnoma nusxasi 4. Turizm kompaniyasining 2013-2014-yillarda soliq to'langanligi to'g'risida ma'lumotnoma. 5. Koreyaga tashrif dasturi(turpaket) 6. Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma'lumotnoma, yoki O'zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar( xususiy tadbirkorlik guvohnomasining asli va nusxasi va boshqalar) 7. Moliyaviy to'lov layoqatini tasdiqlovchi hujjatlar: hisobida chet el valyutasida mablag' mavjudligini tasdiqlovchi bank kitobchasi yoki bank ma'lumotnomasi; ko'chmas mulki va mulki mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. 8. Ingliz tilida to'ldirilgan vizani rasmiylashtirish anketa-talabnomasi(2 nusxada) 9. Rangli fotosurat(3.5x4.5, 2 nusxada) 10. Pasport nusxasi 11. Turmush o'rtog'ining pasport nusxasi va nikoh tuzilganligi to'g'risida guvohnoma ※ Ajrashgan bo'lsa: Nikohdan ajrashganligi to'g'risida guvohnoma ※ Turmush qurmagan bo'lsa: Turmush qurmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma(FXDYO organlari tomonidan beriladi) 12. Amal qilish muddati uch oydan ortiq bo'lgan chet elga chiqish ruxsati(OVIR) ※ Konsullik to'lovi: $50 (AQSH dollari)
KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN