Mamlakatda bir necha bor zo`ravonlik jinoyatini sodir etgan Xitoylik koreysni ustidan deportatsiya qilinsin degan immigratsiya xizmatining qarori odilona chiqarilgan hukm deya sud tomonidan tasdiqlandi.
Seul oliy sudi 10mayda Xitoylik koreys A ismli ishchi o`ziga nisbatan deportatsiya qarorini chiqargan immigratsiya ustidan sudga da`vo qilgan bo`lib, sud yuqorida aytib o`tgan qarorni qabul qildi.
2010 yil tashrifiy mehnat yo`nalishi bilan Koreyaga kirib kelgan A 2011yil avtomobilni boshqarish jarayonida yo`lni bekitib qoyding degan bahona bilan yolda xarakatlanayotgan yo`lovchini urib, 500ming von jarima to`lagan bo`lib, bir oz vaqtdan so`ng taksi xaydovchisini huddi shunday bahona bilan urib, prokraturaga ishi oshirilgan edi.
O`tgan yili yanvar oyida A ismli ishchi mamlakatda uzoq muddat yashash mumkin bo`lgan viza turi F-4 ga ariza bergan.
Lekin Immigratsiya xizmatiga viza arizasini topshirgandan so`ng, tekshiruv natijasida ohirgi 5yil ichida 3marttadan ko`p jinoyat xarakatlarini yuzaga keltirganligi oshkor bo`lgan hamda deportatsiya va 1yildan oshiq mamlakatga qaytib kirish mumkin emas degan hukmni chiqargan.
Deportatsiya hukmini olgan A ismli ishchi hukmga nisbatan e`tiroz bildirib, sudga da`vo qilgan.
Sudning birinchi etapi Suvon hududiy sud idorasida bo`lib otgan, va 5yil ichida 3tadan ko`p jinoyat sodir etgan bo`lsada yengil turdagi jinoyatlar deya topib, shu sababli deportatsiya qilish hukmi o`ta shavqatsizlik degan qarorni chiqargan edi.
Lekin ish appelatsiyaga berilgandan so`ng mamlakatda tinchlikni saqlash uchun immigratsiya xizmati chiqargan qarorni tog`ri deb topib, Seul Oliy sudi hamda Immigratsiya xizmati Muhojirlar mamlakatda istiqomad qilish jarayonini kuzatib borib, davlatga foyda beradigan va tartib intizomni yo`lga qo`yish kerakligini tasdiqladi.
INT) Kim Yong Ju / Qochoqlar huquqiy markazi Advokat Sud idorasi bir biriga o`xshash jinoyatlar ketma-ket sodir etgan odam uchun shunday qaror chiqarishi tabiiy holdir. Ya`ni o`sha vaziyatga ozini qoygan va atmosferani o`ylagan holda tartib va tinchlikni barqarorligini ta`minlashni asosiy maqsad qilib qo`yadi. Bu jinoyatlar oldida muhojirlarni kechirmaslik oqibatida Koreyada davomiy yashash uchun viza olishda muhojirlar katta muammolarga uchraydi. Shaxsiy fikrim tartib intizomga rioya qilib, madaniyatni tushungan holda yashash kerakligini tog`ri deb hisoblayman. |
Bu hukm mamlakatda istiqomad qilayotgan muhojirlarga albatta ta`sir etmay qolmaydi. Bu holat qanday davom etishini bilish uchun biroz kuzatib borish kerakga o`xshaydi.