HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > E’lonlar > Muhojirlar yil yakuniy hisoboti quyidagicha!

    Muhojirlar yil yakuniy hisoboti quyidagicha!
    Admin     2013/11/27 10:05 am
Mamlakatda mehnat faoliyatini olib borayotgan muhojir ishchilar orasida yil yakuniy hisobot topshirganlarning soni bu yil birinchi marotaba 50,000kishidan oshganligi ko`rinmoqda. Muhojir ishchilarning yil yakuniy hisobot tizimi haqida batafsil ma`lumot beramiz. 
 
Yil yakuniy hisoboti o`tgan yil yanvar oyidan boshlab, dekabr oyiga qadar to`lanishi kerak bo`lgan soliq miqdoriga qaraganda ko`p tolangan bo`lsa, qaytarib berish, yoki aksincha kam tolagan bo`lsa, qo`shimcha tolaydigan soliq to`lovlarini nazorat qilish tizimidir.
 
Koreyada muqum istiqomad qilayotgan muhojirlar va 1yildan ko`p muddatga ishlash uchun kelganlarning barchasi mahalliy aholi bilan bir hil topayotgan daromadidan soliq to`lashlari kerakdir. 
 
Yil yakuniy hisobotni topshirish uchun avval ishchi 15yanvardan 25chi yanvargacha soliq kvitansiyasini tayyorlab, 25yanvardan 10 fevralgacha ish joyiga topshirish kerak. Korxona esa fevral oyining ohirigacha yil yakuniy hisobot kvitansiyasini qolga kiritib, ishchi mart oyining ohiriga qadar soliq uchun ko`p tolagan summasini qaytarib olish kerak bo`ladi.
 Yil yakuniy hisobotining bajarish tartibi
▪ Soliq tolaganligi haqidagi kvitansiya (Ishchi) : ’2013 yil 15 yanvardan 25 yanvargacha
▪ Soliq tolaganligi haqidagi arizani topshirish(Ishchi→korxona) : ’2013 yil 25yanvardan ~ 10 fevralga qadar
▪ Yil yakuniy hisobot kvitansiyasini qolga kiritish (Korxona→Ishchi) : ’2013 yil fevral oyining ohirgacha
▪ Yil yakuniy hisobotda ortiqchi tolangan summani qaytarish (Ishchi) : ’2013 yil Mart oyining ohirgacha
 
Ishchi oylik kvitansiyasi orqali yil yakuniy hisoboti mazmunini tekshirish mumkin bo`lib, ishdan ketganlar esa Davlat soliq ta`minotining web sayti orqali bilib olishlari mumkin.
 
Davlat soliq ta`minotining web saytida koreys tilini yaxshi bilmaydiganlar uchun ingliz tilida ham ma`lumotlar berilgan bo`lib, bundan tashqari 17 ta davlat tillar bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan Mijoz mamnunlik markazidan ham batafsil ma`lumotlarni olishingiz mumkin.
 ▪ Internet orqali maslahat: Davlat Soliq ta`minot tashkilotining web sayti www.nts.go.kr/eng》Help desk》Q&A
▪ Mijoz markazi qoshidagi horijiylarga mo`ljallangan maslahat telefon raqami : ☎ 1588-0560
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN