HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > E’lonlar > Muhojir ishchilarning davlatga qayta kelib, mehnat faoliyatini amalga oshirishlari

    Muhojir ishchilarning davlatga qayta kelib, mehnat faoliyatini amalga oshirishlari
    Admin     2013/11/27 10:03 am
Muhojir ishchilar Erkin yollash tizimi asosida davlatga kelib, 4yil 10 oy yoki 6yil davomida mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Viza muddati yakunlanib, vataniga qaytganlar orasida shartlariga to`la javob berganlar Koreyaga qayta kelib, mehnat qilishlariga ham imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
 
O`tgan yili Sodiq ishchilar davlatga qayta kelib, ishlash tizimi orqali 10.000ga yaqin muhojir ishchilar vatanlariga ketib, 3oydan so`ng Koreyaga qayta kirib kelishdi.
 
Muhojir ishchilar davlatga qayta kelib, ishlashlari uchun 30kishidan kam bo`lgan og`ir va yengil sanoat, qishloq ho`jaligi hamda baliqchilik yonalishlarida, korxona almashtirmasdan faoliyatini amalga oshirgan bo`lishlari kerak. Shu shartga javob berganlar qayta davlatga kirib kelish arizasini berishlari mumkin.
 
Bu tizim asosida davlatga qayta kirib kelayotganlar koreys tili daraja imtihonidan hamda Koreyaga kelgandan song o`tishlari majburiy bo`lgan 3kunlik darsdan ozod etiladilar. Davlatga qayta kelganlar 4yilu 10oy muddatni olsalarda korxona almashtirish imkoniyati berilmaydi.
 
Korxona almashtirgan muhojirlar uchun koreys tili mahsus umtihon tizimi joriy etilgan bo`lib, o`z vaqtida vatanlariga qaytgan ishchilar shu imtihondan o`tib, 6oydan so`ng qayta kirib kelishlari mumkin.
 
Joriy etilayotgan qayta Koreyaga kirish tizimlari mehnat faoliyatini davom ettirishni istagan muhojir ishchilar hamda tajribali ishchilarni yollashni istagan korxona raxbarlari uchun foydasi kattadir. Lekin bu tizimlarning shartlari oson emasdir. Kelajakda bu kabi tizimning shartlari yengillashishiga umid bildiramiz.
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN