Bu yildan boshlab, 5 kishidan kam korxonada ishlaydigan ishchilarga ham tejikkiem yani 13 oylik 100% tolanadigan bo`ldi. Bundan tashqari fuqaroligi boshqa koreyslar va nogironlarni yollash uchun ro`yxatdan o`tkazishga ham ruxsat berildi. 2013 yil muhojirlarga tegishli bo`lgan mazkur dasturlar bo`yicha batafsil ma`lumot beramiz.
Shu vaqtga qadar 5 kishidan kam korxonalarda mehnat qiladigan ishchilar ishdan ketganlarida tejikkiemni faqatgina 50%ini olishgan edi. 1 yanvardan boshlab esa ishchilarga 100% tejikkiem tolanadi.
Mobodo, ishchining mehnat faoliyat muddati 2012 yildan boshlagan bo`lib, 2012 yil 31 dekabrgacha ishni tuxtatgan bo`lsa, u holda tekijkiemning faqat 50% davo qilishi mumkin bo`lib, 2013 yilga o`tib, ishni toxtatganlar esa tejikkiemni 100% davo qila oladilar.
Tadbirkorlarga yollash tartibini kengaytirishda zaruriy moddiy yordam tizimi yaratilib, bu yildan boshlab, mehnat qilishga jismonan zaiflarni ishlatayotgan raxbarlarga yilda 4 marotaba moddiy yordam puli tolanadi.
27 yanvardan boshlab, fuqaroligi boshqa koreyslarni va nogironlarni yollash uchun ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi. Royxatdan o`tishi mumkin bo`lganlar: mamlakatda muqum manzilga ega horijiylar, Janubiy Koreyada umrdob yashash huquqini olganlar, nikoh asosida davlatga kelganlar hamda nogironlardir. Ularni istiqomad qilayotgan huquqning mahalla idorasi orqali ro`yxatdan o`tkazishingiz mumkin.