Migrantlar sog’lig’ini ta’minlash assosiasiyasi, hamshiralarning 2-tanlovi
Koreya birlashgan migrantlarni sog’lig’ini ta’minlash asossiasiyasi (Sog’liq Asosiasiyasi)da 2-bor hamshiralar tanlovi o’tkazilmoqda. Assosiasiya o’tgan yanvar oyidan boshlab, kasallik tufayli yoki sanoatda jarohat ko’rib, azob chekayotgan chet ellik bemorlar uchun hamshiralar yordam xizmatini amalga oshirmoqda. Hamshiralar yordam xizmati - muloajalar olishi kerak bo’lgan, ammo g’amhurlik qiladigan odami yuq bo’lganidan azob chekayotgan bemorlar uchun Sog’lik Asosiasiyasining hamshiralar yordamiga mo’ljallangan biznes hisoblanadi.
Hamshira-o’z oilasidan yiroqda bo’lgan bemorlarga muolaja kabi hamshiraviy xizmatlar va tibbiyot tarjimoni, balki psixik va emosional jihatdan o’z vazifalarini bajaradi. Tanlovga a’riza berganlar, 1 oylik amaliyot va tarjima ta’limi hamda hamshira ta’limini olgandan so’ng hamshira sifatida ishlashi mumkin. Tanlovga tegishli ma’lumotlar qo’yidagicha:
■ Tanlov muddati 14 martdan-6 aprelgacha
■ Tegishli shaxs: turmushga chiqqan chet ellik ayollar hamda hitoylik hamyurtlar hammasi bo’lib 10 kishi
■ Mehnat shartlari:
- ish vaqti 9:00-19:00 (haftada 5 kun)
- oylik maoshi: kuniga 45000 von to’lanadi(ovqat va transport harajatlari alohida to’lanadi)
- ta’lim mudddati davomida ta’lim, transport, ovqat, maxsus kiyim harajatlari to’lanadi.
■ Ta’lim mazmuni(14 apreldan boshlanadi)
- Maxsus hamshira ta’limi amaliyoti(3 hafta): hamshira sertifikati beriladi.
- Tibbiyot tarjima ta’limi (1 hafta)
■ Majburiyatlar:
- Muolaja olish davomida bemorga tarjima xizmati
- Hamshira xizmati bilan ta’minlash: ovqat, hojat, kiyim almashtirish, hammom, jismoniy tarbiya kabilarda bemorga ko’maklashish, ko’rpa-to’shak va tavsiyalangan dori bilan shug’ullanish.
■Murojaat uchun : CHe In Mi, menejer(02-3147-0516~8, 010-5036-8246)