HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Konsultatsiya bo'limi
O'zgarishlar
Arxiv
Savol-javob
Konsultatsion qo'llanma
Help-line 1644-0644
 Home > Konsultatsiya  > Savol-javob > Deposit evaziga immigration'dagi nelegal ishchini vaqtincha ozodlikka chiqarish

    Deposit evaziga immigration'dagi nelegal ishchini vaqtincha ozodlikka chiqarish
    bulkbin     2010/03/23 6:13 pm

Assalamu alaykum!

Quyidagi masala bo'yicha huquqiy maslahat bersangiz:

Ishchi vizasi bilan kelgan shaxs keyinchalik Koreyada noqonuniy bo'lib qolib ketgan (tahminan 2-3 yil). Koreyada uylanib, 1 ta farzandlik ham bo'lgan. Hozirda oila a'zolarining vizaviy holati ham qonuniy emas.

Boshqa bir shaharning Immigration hodimlari tomonidan olib ketilgan mazkur shaxs ayni paytda Jeongju'dagi Markaziy bo'limda 1 yarim oydan beri saqlanmoqda. Vatanga qaytishi uchun shaxsan o'ziga tegishli hujjatlari immigration talabnomasi orqali elchixona yordamida tayyorlab qo'yilgan.

Biroq oilasi hali ochiqda. Ularning ham tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish, ijaraga olingan uy va unga oid barcha xisob-kitoblar pudongsan bilan hali to'liq hal qilib yopilmagan.

Mazkur holatda:

1) Ushbu shaxsni ma'lum miqdordagi deposit evaziga yuqoridagi masalalarni hal qilib olishi uchun qisqa muddatga ozodlikka chiqarish mumkinmi?

2) Masalani hal qilishning huquqiy asoslar va tartibi qanday?

3) Agar bunday holat tegishli normativ hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa:

     a) depozit miqdori qancha deb belgilangan;

     b) ozodlikka chiqarish muddati qancha;

     c) qaysi davlat organiga murojaat qilinadi;

     d) qanday hujjatlar talab qilinadi.

4) Depozitni taqdim qilish imkoniyati bo'lmagan holatda, yana qanday imkoniyatlar mavjud?

Atroflicha va imkon qadar tezroq beriladigan javobingiz uchun oldindan katta minnatdorchilik bildiramiz.

    Re: Deposit evaziga immigration'dagi nelegal ishchini vaqtincha ozodlikka chiqarish
    Admin     2010/11/10 11:56 am

Assalomu Alaykum! Savolingiz uchun raxmat! 

        Koreyada noqonuniy yurgan shaxs reyd vaqtida qo`lga tushsa u odamni ozodlikka chiqarmaydi. Ularni oilalari o`zlar yashashlari kerak yoki ular ham davlatdan chiqib ketishlari kerak bo`ladi. Qo`lga tushgan shaxsning nomlarida turar joy bo`lgan bo`lib , uning kafolat puli (ya`ni 보증금)ni qaytarib olishga albatta haqqilari bor. Bu qonun bilan kafolatlanadi. Olishning  Ikki yo`li bor: turmush o`rtoqlari bilan zaks guvohnomasi bo`lsa shu guvohnoma orqali olishlari mumkin.(chet elliklarga yordam markazlari orqali1644-0644) , agar zaks guvohnomasi bo`lmasa qamoqxonada ma`sul bo`lgan advokatga murojat qilish kerak. Qamoqxonadagi bu xodimlar, Koreyada  olishlari kerak bo`lgan moddiy mablag`larini olishlarida yordam ko`rsatadi.

    Re: Deposit evaziga immigration'dagi nelegal ishchini vaqtincha ozodlikka chiqarish
    hilol     2010/05/27 2:02 am
iltimos tezroq shu savolga javob beringlar menga ham tegishli ekan bu savol
view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN