HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > E’lonlar > Yaxshi qo’shniga mehr bog’lab

    Yaxshi qo’shniga mehr bog’lab
    Admin     2008/04/14 11:36 am

 

Ko’pchilik chet ellik ishchilar o’zining qiyin hayoti va vizasi tufayli kasalliklarni o’z boshlaridan kechiradilar. Chet ellik ishchilar o’z tumanlaridagi kasalxonalardan tibbiy xizmatlarni olishlari uchun shu kundan boshlab, MNTV yangiliklari bepul klinikalar haqida ma’lumotlar berishni boshlamoqda. Bugun birinchi reportajimiz uchun Seul shaxri Jangchung-dongda joylashgan “Yaxshi qo’shni klinikasi”ga tashrif buyurdik. Jiddiy terisi qichishi bilan kasallangan chet ellik ishchi “yaxshi qo’shni klinikasi”ga tashrif buyurdi. Uning aytishicha u kuchli kimyoviy moddalar bilan ishlagani sababli jiddiy kasallikka duch kelishidan qo’rqqan, biroq tibbiy to’lovlar yuqoriligi tufayli umumdermatologiya bo’limiga borishni hayoliga ham keltirmagan.

 Seuldagi Kyoung-dong cherkovida ochilgan yaxshi qo’shni klinikasi har oyning birinchi va uchinchi yakshanbasida tibbiy davolash xizmatini amalga oshiradi. Kasallikka yo’liqqan yoki tavsiyasiz dorilar qabul qilganda og’riqlarni boshidan kechirayotgan chet elliklarning hayoti qiyinligi tufayli ochilgan Yaxshi qo’shni klinikasi boshida ochilganida tibbiy hodimlar tashkiloti hisoblangan.

 Uning tibbiy xizmatlari umuman olganda ichki kasalliklar bo’limi, xirurgiya bo’limi va dermatologiya bo’limini o’z ichiga olgan holda 10 ta yo’nalishda faoliyat ko’rsatib, hamma tibbiy ekspertizalar, in’eksiyalar va davolanishlar bepuldir. Bundan tashqari uzoq vaqt gamho’rlik qilinishga muhtoj bo’lgan chet elliklar Koreya chet elliklar sog’lig’i assotsatsiyasining yordamidan foydalanib davolanishlari  mumkin. Ochilganiga 8 yil bo’lgan ushbu klinikaning volontyor tibbiy hodimlari va yordamchilari soni 150taga yetdi. Ko’pchilik volontyorlarning aytishicha ular o’z dam olish kunidan voz kechishgan bo’lsalarda, biroq tibbiy ekspertiza va davolashlar orqali juda ko’p xursandchilik olishgan.

 Nafaqat Garbiy yoki sharqiy tabobat balki qimmat bo’lgan tish davolash ham bepul amalga oshiriladi va kunida o’rtacha 250 kishi bu yerga tashrif buyurishadi. Ularga qarab shuni aytish mumkinki, ular bepul davolanish olganliklaridan juda ham xursandlar va ayniqsa ularni iliq kutib oladigan do’stona muhitni juda ham yoqtisharkan.

 Yaxshi qo’shni klinikasida boshqalarning hursandchiligini, kasallikni davolashda o’zingizga bo’lgan ishonchingizni va dildan berilgan do’stonalikni his qilishingiz mumkin. Ushbu klinikani jamiyatimizda doimo yaxshi qo’shni bo’lib qolishini umid qilib qolamiz.

Murojaat uchun : Kyoung-dong cherkovi 02-2274-0161

Borish yoli: 2,3,5 liniya Tongdemun Stadium metro bekati, 4 chiqish joyi, tepalikka qarab 5 daqiqalik yo’l

Xizmat ko’rsatish vaqti: Har oyning birinchi va uchinchi yakshanbasi 14:30~17:30

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN