HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Bola tuqqan ona miyokkuk (dengiz o’tlaridan tayorlangan sho’rva)ni nima sababdan icharkan?

    Bola tuqqan ona miyokkuk (dengiz o’tlaridan tayorlangan sho’rva)ni nima sababdan icharkan?
    Admin     2008/04/07 10:13 am

Koreyada ona bola tug’sa, miyokkuk pishirib beradigan urf-odat bor. Farzand ko’rib, qaynonasi pishirib bergan miyokkukni rad etolmay, qaynonasiga yaxshi ko’rinishi uchun majburiy yeganligi haqidagi migrant ayollar hikoyasi atrofda eshitilib turadi.

To’g’risini aytganda, har bir mamlakatda bola tuqqandan so’ng iste’mol qilinadigan alohida taom mavjud. Masalan, Vyetnamda qalampir va murch solingan tovuq go’shtidan tayorlangan taom, Indoneziyada zanjabil solingan tovuq go’shtini iste’mol qiladilar. Bularning barchasi tanaga oziqaviy moddalari bilan to’ldirish uchun iste’mol qilinadigan ovqat bo’lib, Koreyada yeyiladigan Miyokkuk ham shu taomlardan biridir.

Dengiz o’tlar tarkibida yod moddalari mavjuddir. Yod –temir garmoniyasi bo’lgan ‘teroksin(thyroxine)’ni ishlab chiqaradi. Teroksin kerakli komponent sifatida yurak va qon tomir faoliyatiga yordam berib, tana harorati va terini tartibga solib, organizmdagi barcha faoliyatni aktivlashtirish xususiyatiga ega. Organizmda ro’y beradigan barcha faoliyatlar gullab-yashnashi uchun homilador onaga odatdagidan ko’ra ko’proq yod moddasi talab qilinadi. Bola tuqqandan keyin ayollar birdaniga semirib ketishi, tuqqandan so’ng tarkibida yod bo’lgan ovqatlarni yetarli darajada iste’mol qilmaganligi sababli ham bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, dengiz o’ti- qon tarkibini tozalab, bola tuqqandan so’ng, bachadonning qisqarishi va qonni to’xtashiga yordam beradi. Hamda dengiz o’ti tarkibidagi kalsium- suyak va tish shakllanishida kerakli komponent bo’lib, ona suti orqali bolaga o’tadi hamda ona dengiz o’tlarini ko’p iste’mol qilsa, farzandiga ham foydalidir. Bola tuqqan onada tez-tez vujudga keladigan ich ketish holatlari uchun dengiz o’ti tarkibidagi algin-ichak faoliyatiga ko’maklashib, oshqozonni tozalanishiga samara beradi. 

Ona va bola uchun kerakli bo’lgan miyokkukni bundan buyon ishtaha bilan iste’mol qilib ko’rasizmi?

 

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN