HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > E’lonlar > Phishingdan ehtiyot bo’ling!

    Phishingdan ehtiyot bo’ling!
    Admin     2008/02/25 9:26 am

Phishing haqida eshitganmisiz? Phishing (inglizcha ‘fishing’ so’zidan olingan bo’lib, baliq tutish va ‘password’-parol degan ma’nolarni bildiradi)-internetda qalloblikning bir turi bo’lib, internetdan foydalanuvchi shaxslarning identifikatsion ma’lumotlarini o’g’irlash degan ma’noni beradi. Bularga parollar, kredit kartochkalar, bank hisob raqamlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlash kiradi. Phishing bu qalbaki internet sayti yoki uyali aloqa orqali shaxsiy ma’lumotlarni bilib olib, pulni o’g’irlash va shaxsiy ma’lumotdan foydalanib qalloblik jinoyatiga aytiladi, qalbaki ma’lumot qarmog’iga ilinib, shaxsiy ma’lumotlarni ovlash mazmunida ‘fishing’ so’zi bilan atalgan.

Phishing-qalbaki internet sayti va uyali aloqa hamda messenger(chat) orqali amalga oshiriladi. Boshida e-mail Phishing juda ko’paygan edi. E-mail Phishing- e-mail orqali shaxsiy ma’lumotlarni yangilash(update) kabi sabablar asosida saytga kirishga yetaklash va lotoreya o’ynash hamda so’roqnoma-anketa kabilarni yaratib, ma’lumotlarni o’g’irlashdir. Hozirgi paytda uyali telefondan foydalanadigan Ovozli Phishing(Voice Phishing) ko’p joylarda sodir qilinmoqda. Ovozli Phishing politsiya yoki prokuraturadanman deya qalbaki nom bilan telefon qilib, bank hisob raqami va maxfiy kodni so’rab, odamni hatto pulni naqd qilish avtomatiga yetaklab pulni tortib oladigan jinoyatlar yuzaga kelmoqda.

Boshida “online messenger” orqali ham Phishing sodir bo’lgan. Messenger Phishing- qiziqarli video yoki yangiliklar dasturini qalbakilashtiradigan internet adresi orqali amalga oshiriladi. Messengerdan foydalanuvchi hech qanday shubhasiz munosib internet adresiga bossa, yangi sahifa ochilib, “messenger id va password” ro’yhatga kiritiladi. Ega bo’lgan id va password orqali bilib olingan shaxsiy ma’lumotlar jinoyat sodir etishda foydalaniladi.

Phishingning borgan sari har hil mug’ombir usullari ko’payib, natijada zarar ko’radigan kishilar ko’paymoqda. Koreyada o’tgan yil iyun oyidan boshlab 1 yil ichida sodir bo’lgan uyali aloqadagi firibgarlikdan faqat zarar ko’rish miqdori 39.900.000.000von, zarar ko’rgan jinoyatlar soni tahminan 4000ga yetdi. Bunday Phishing jinoyati- nafaqat Koreyada, balki Tayvan, Amerika, Evropada keskin vujudga kelmoqda.

Phishingni bartaraf etish uchun eng yaxshi usul-insonnig o’zi ehtiyotkor bo’lishi kerak. Koreya hukumatidan boshlab har bir davlat hukumatlari javoban chora-tadbirlarni ko’rib, hibsga olayotgan bo’lsa-da, Phishing bir davlatda emas, balki boshqa davlat tashkilotlari bilan aloqa qilayotgan paytda ham sodir etilayotganligi tufayli hibsga olish qiyin. Shunda har bir inson firibgarlikni oldini olish uchun qo’yidagi ehtiyotkorlik choralarni ko’rish lozim.

-e-maildan o’zini bank yoki tashkilot qilib ko’rsatib, insonni internet saytiga jalb qiladigan mazmunli va lotoreya o’yini kabi sabablar- asosan mukofot oladigan holatda saytga kirsangiz, boshida yuborgan kishining e-mail adresi va sayt adresini tekshiring. Yuborgan kishining ismi tanishdek kurinadi-yu, e-mail adresiga nazar tashlasangiz, mukofot oladigan kishilar adressi ko’p bo’lib, sayt adressida qo’shimcha ‘e’, ‘i’ kabi harfi bo’lsa yoki, oxirida ‘365’ raqamli o’xshash sayt nomi ko’p uchraydi.

-avtomat javob berish sistemasi(ARS) telefonda sud, politsiya, moliyaviy nazorat xizmatidan deb, qalbaki nom bilan telefon qilganda, umuman shaxsiy ma’lumotlar va bank hisob raqamini aytmaslik kerak. Sud va politsiya kabi jamoaviy tashkilotlar-telefonda shaxsiy ma’lumotlarni talab qilmaydi. Sud va politsiyadan qo’ng’iroq qilganda albatta suhbatdoshning shaxsiyati(guvohnoma)ni so’rab, tegishli tashkilotga telefon qilib, uning haqqoniyligini aniqlang.

- “messenger”dan foydalanganda tanish odammi yuqmi umuman shaxsiy id va parolni hamda hisob raqami, passport seriyasi, kredit karta raqami kabilarni aytmang. Bundan tashqari, messenger yangi sahifa bilan ulanib, shaxsiy id va parolni kirgizing deb chiqqanda Phishing emas deb ishonch hosil qilmang.

 

 

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN