HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > E’lonlar > Spirtli ichimlik bodga qarshi

    Spirtli ichimlik bodga qarshi
    Admin     2008/02/12 10:06 am
 

Spirtli ichimlikni doimiy iste’mol qilish bo‘g‘im bodi bilan kasallanish holatlarini 50 foizga kamaytirarkan (hisobotlarda bugungi kunda dunyoda 20 milliondan ortiq kishi aynan bod kasalligidan aziyat chekmoqda). Stokgolmdagi ilmiy tekshirish institutlaridan birida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan Xenrik Kallberg 2 ming nafar shved ustida o‘tkazgan kuzatuvlari natijasi buni tasdiqlamoqda, deya xabar beradi «Reuters» AA.

Kallbergning aytishicha, haftasiga uch «doza» (o‘n «doza»si 1 stakan vino yoki kichik shishada pivo) alkogolli ichimlik iste’mol qilish genetik omillar natijasida yuzaga keladigan bod (revmatizm)ning rivojlanishini to‘xtatarkan.

Revmatizmga qarshi Evropa ligasi prezidenti Tore Kviyen gaplariga qaraganda, Kallbergning xulosalari «juda qiziqarli», lekin bu xulosalarni yana tadqiqotlar o‘tkazib, tekshirib ko‘rish kerak. Negaki, alkogolli ichimliklarni kam «doza»da bo‘lsa-da, doimiy iste’mol qilish boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Biroq, Kallbergning tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, spirtli ichimlikning me’yordagi iste’moli yurak-qon tomir kasalliklarining, xususan, insultning, saraton va hatto Alsgeymer (xotiraning susayishi) kasalliklarining oldini olishda ham ijobiy rol o‘ynarkan.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN