HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > [Xavfsiz ish joyi-sog’lom ishchi] (1) “Sog’liqni saqlash(WHP)”ni amaliyotda qo’llang!

    [Xavfsiz ish joyi-sog’lom ishchi] (1) “Sog’liqni saqlash(WHP)”ni amaliyotda qo’llang!
    Admin     2008/01/28 9:35 am

* Bu dasturni Koreya sanoatida ishchilar havfsizligini ta’minlash agentligi yaratmoqda. 

Koreyaga kelgan ishchi(ya’ni chet ellik ishchi) ko’pchilik holatda xavfli va og’ir hamda atrofi zararli 3D(yani DDD -Dangerous, Difficult, Dirty ingliz tilidan olingan bo’lib xavfli, og’ir, kir) sanoat tarmog’ida ishlab keladi, hamda bu ishlab chiqarishda halokat yuz berish ehtimoli yuqoridir. Bir misol qilib, o’tgan 2005 yilda ham tailandlik 8 ayol ishchi “n-hexane” nomli kimyoviy moddalar bilan ishlash mobaynida tananing pastki qismi falajlanib, “invalid(oyoq ishlash sistemasidan chiqqan holat) kasalligiga duchor bo’ldi. Bunday holatda kompaniya boshlig’i zarur choralarni ko’rmaganligi eng katta sabab bo’lsa-da, ishchilar “n-hexane” nomli kimyoviy moddaning zararli va o’ziga hos hususiyatlari haqida bilmasligi, hamda chet ellik ishchilar koreya hayotiga ko’nika olmaganligi hamda aloqador ma’lumotlarni ololmaganliklari ham muhim sababchi desa ham bo’ladi. Agar bu ayol ishlayotgan kimyoviy moddalarning zararli va o’ziga hos hususiyatlarni ozgina vaqtliroq bilganda edi, bunday holat ro’y bermagan bo’lardi.

  Shu sababli ishlayotgan shaxs kompaniyaning ishchi sog’ligiga havf tug’diruvchi omillar va ishlatayotgan moddalardan ro’y berishi mumkin bo’lgan sog’liq muammolari, hozirgi paytda sog’liqdagi normal bo’lmagan simptomlarga aloqador ma’lumotlarni olmoqchi bo’lsangiz, qanday yo’l tutishingiz lozim? 

Bunday holatda Koreya havfsizlikni ta’minlash agentligining yordamini olib, qiziqtirayotgan savollaringizga javob berib, muammollarizni hal qilib beradi. Koreya havfsizlikni ta’minlash agentligida muhiti nisbatan zararli bo’lgan zavodda ishlayotgan koreys ishchisi emas, balki chet ellik ishchining sog’lig’ini saqlash uchun ” ishlayotgan joyda sog’liqni saqlash” dasturini amalga oshirmoqda. Ishchining o’zi ishlayotgan kompaniyaning ishlash sharoitlari yoki ishlayotgan zararli moddalar va aloqador ma’lumot hamda sog’liqqa zararli simptomlari haqida qiziqtiradigan savollaringiz bo’lsa bemalol Koreya havfsizlikni ta’minlash agentligiga telefon qilib yordam olishingiz mumkin. Yana bu agentlikda bundan tashqari Kuro, Kuangju, Songnam, Suvon, Ansanda yashayotgan chet ellik ishchilar uchun 5ta tashkilotda dam olish kunlarida sanoatda sog’liqni saqlash ta’limini berish uchun yordam-konsultatsiya beradigan boshqarmasi bo’lib, sahovat qilayotgan ishidan foydalanishingiz mumkin.

Koreya sanoatida havfsizlikni ta’minlash agentligi amalga oshirayotgan “ ishlayotgan joyda sog’liqni saqlash (일터 건강지킴이(WHP))” haqidagi masalalarni yechish quyida ko’rsatilgan.

Bo’lim

Mazmun

Ishlayotgan joyda sog’liqni saqlash dasturi o’zi nima?

Sanoatda ishlash muhiti va ishchining sog’lig’i haqida kompaniya boshlig’i yoki ishchilarning savollariga maslahat berish hamda sanoatdagi sog’liqni saqlashdagi masalalarni hal qiladigan Koreya sanoatda xavfsizlikni ta’minlash agentligining bepul ko’mak dasturidir. 

Kim talab qilish huquqiga ega?

Kompaniya boshlig’i va ishchi kim bo’lishidan qat’iy nazar Koreya sanoatda xavfsizlikni ta’minlash agentligi ko’magini olishi mumkin. 

Qaysi mazmunda murojat etishi mumkin?

 

 -ish tufayli o’z sog’ligini yomon his qilayotganda yoki sababini bilmagan holatlarda:

 -ishchi ishlayotgan muhitida zararli moddalar miqdori haqida qiziqishi bo’lganda

 - yangi kimyoviy moddalarni qo’llaganda yoki zararli moddalarga qarshi chora-tadbirlar haqida savollari bo’lsa

 - ishlash mobaynida zararli moddalar paydo bo’ladigan bo’limda havoni so’rib oladigan maxsus uskuna kabi zavodda toza bo’lmagan havoni toza havoga almashtiradigan uskuna defektlari borligida ikkilanganingizda

 -ishlayotgan muhitdagi sharoitlarni yaxshilash va ishchi soglig’ini saqlash maqsadida murojat qilayotgan savollar hamda sanoatdagi sog’liqni saqlashdagi umumiy tushunchalar haqida

Murojat qilish usuli

 

Onlayn/ faks/pochtadan ariza berishingiz mumkin.

Ariza berish tartibi:

1)     onlayn ariza berishda: www.kosha.or.kr  saytidan quyidagi ishlarni bajarish kerak> 일터 건강지킴이(WHP)메뉴 (ish joyida sog’liqni saqlash )> 신청양식 다운로드 (ariza berish formatidagi kuchirib olish (download))>신청서작성(arizani to’ldirish)> ishda sog’liqni saqlash dasturi yordam berish uchun ariza e’lonlar doskasiga arizani qo’shish.

2)faks hamda pochta orqali ariza berishda: Onlayn ariza berish usuliga o’xshab, arizani ko’chirib olib, to’ldirgandan so’ng agentlikka faksdan yoki pochta orqali ariza berish (arizani topshiradigan joy www.kosha.net )

Berilgan arizaga qarab chora-tadbirlar  haqida

- ariza beradigan shaxs o’zi kimligi, ariza berish mazmuni, natijasi maxfiy ravishda saqlanadi.

- mazkur ish-yordam so’rashda sog’liqni saqlashdagi muammolarni hal etish, sog’liqni saqlash bo’yicha qonuniy jazo berish yoki hukumat shaxslarini bu ishga aralashtirish hamda maslahat beradi va yo’l ko’rsatadi 

 

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN