HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Pohang shahri chet ellik ishchilar bilan suhbat olib borish markaziga tashrif.

    Pohang shahri chet ellik ishchilar bilan suhbat olib borish markaziga tashrif.
    Admin     2008/01/21 10:31 am

Pohang migrant ishchilar bilan suhbat olib borish markazi(Pohang suhbat markazi)ga borgan kunim changma( har yozda 1oy atrofida yog’ayotgan sel)ga o’xhsab qattiq yom’gir yoqqan edi. Yomg’ir tagida qolib ketgan oshxonalardan ovqatni yig’ib kelayotgan Xa Guang Nak direktorning kiyimi shiltiq ho’l edi. 

Pohang suhbat markazi boshqaradigan oshhona- Pohang shahrida mavjud bo’lgan non do’konlarini aylanib yeguliklar olib keladi. Olib keladigan ovqat chet ellik ishchilar yotoqhonasiga uzatadi va kuniga o’rtacha 10 ta joyga tashrif buyuradi. Bunday chet ellik ishchilarning yotoqxonasiga 2005 yil iyuldan dekabrgacha 6 oy davomida tahminan 2000 marta tashrif buyurgan.

Pohang suhbat markaziga kirdimu, bir nepallik bilan hitoylikka uxshagan 2 chet ellik internetdan o’zining vatanlari haqida habarlarni izlayotgan edilar. Ularning bittasidan “Shu atrofda turasanmi?” deb so’rasam, o’zi Pusanda yashaganini ish joyi bo’lganligi sababli bu yerga kelganligini aytdi. Suhbat davomida u direktor Xa bilan yaqin munosabatdaligi bilinib turardi.

Direktor Xa Iyjonbuda chet ellik ishchilar bilan aloqador joyda ishlab 2001 yil may oyida umuman notanish joy bo’lgan Pohanga kelib suhbat markazini ochdi. “Qanday qilib chet ellik ishchilar suhbat markazini ochgansiz ? deb so’rasam, vakil Xa o’zining tushi haqida gapirib boshladi.

 “Bir kuni tush ko’rdim. Bir daraxtdan yasalgan panjara bo’lib, turli hil rangli chehralar panjaradan oshib men tomonga kelayotir... bu tush hudo ma’nosini anglatgan bo’lsa kerak deb o’yladim”.

Oldin Pohangdagi Temir eritish zavodi atrofida joyni egallab qo’ygan bo’lsam-da, keyinchalik qanday ish tutishni bilmadim. Ko’chada ketayotib, chet ellikni ko’rsam, to’xtab gap boshlab, birma-bir uchrashish natijasi suhbat markazining boshi edi.

Pohang markazida bir oyda o’rtacha 30-40 vaziyatga qarab suhbat olib boriladi. Bu markazga keladigan hitoylik va indoneziyalik ishchilar eng ko’p bo’lib, undan keyin tayland, vyetnam, shrilankalik ishchilar ham ko’p tashrif buyuradilar. Direktor  Xa suhbat olib borishda ishchilarning o’grigan ko’ngilni yanada ovutishini aytdi. “Oyligini ololmagan ishchi bo’lsa faqat pulini olib berish emas, balki avvalo ishchining ko’nglini ovutish va jahldan tushurishga intilamiz. Tushunmovchilikdan ko’ngli qattiq bo’lgan kompaniya boshlig’ini ham ko’nglini eritishga harakat qilamiz. Agar bunday yo’l tutmasak, inson ko’nglida noto’g’ri fikr va yomon taassurotlar yig’iliq holda qolib ketadi”.

Markazda nafaqat suhbat olib borish, balki chet ellik ishchilar uchun kasb ta’limi ham olib boriladi. Asosan kompyuter bilan aloqador ta’lim olib borilib, kompyuter honasi oson bo’lgan kompyuterda ishlashni o’rgatish uchun ochilgan emas, balki kompyuterni yig’ish, programma va saytni yaratish mutaxassisligi haqida ta’lim berilmoqda.

Bunday ta’limni olgan ishchi o’z vataniga qaytib borsa ham, doimiy ravishda ishlab pul tpib biladi.

Direktor Xadan markazni boshqarayotib, ‘eng qiyin narsa nima deb so’raganimizda, ‘deyarli qiyin narsani o’zi yo’q’ deb aytdi. Qilayotgan ishimga ko’ngil berib ishlaganligim sababli qiyinchilikni sezmasdim, tashakkur aytadigan so’zlar undan ham ko’p’ dedi. Iqtisodiy tomondan qiynalmayapsizmi? Deb suraganimizda esa, “bu ishda puling bo’lganidan hamma narsa hal qilinadimi? deya kulib yubordi. 

Direktor Xaning tushidek, turli hil davlatlardan migrantlar Koreya davlatiga kirib kelmoqda. Lekin ilgaridek, Koreya jamiyatida chet ellik ishchilarni to’sib turadigan to’siq mavjud. Lekin Pohang migrant ishchilar bilan suhbat olib borish markazi bo to’siqni buzadi, va sizlarni ham oldinga o’tishingizni umid qilamiz. Shu asnoda yanada ko’plab chet ellik ishchilar koreya jamiyatida erkin do’stlashib yashaydigan kunni kutib qolamiz.

 

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN