HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Koreya jamiyatida demokratiya-Pak No Ja

    Koreya jamiyatida demokratiya-Pak No Ja
    Admin     2008/01/21 10:30 am
Hurmatli migrantlar Koreya jamiyati haqida qanday fikrdasiz? Koreya ‘hamma narsani birgalikda qilaylik” shiori ostidagi mustahkam jamiyatdir. Lekin “ hamma narsani birgalikda qilish” shiori ostidagi harakatlar faqat koreyslar o’rtasida amalga oshirilib kelinmoqda. Koreys halqi o’zi haqida o’ylashni muhim deb o’ylaydi. Koreys tilini gapirib bilsagina, koreyslar singari harakat qilsagina koreyslar hurmatini qozonish mumkin. Yana millati va davlatiga nisbatan kuchli vatanparvar ruhiga ega. Koreyani demokratik jamiyatli davlat deb aytsa bo’ladi. 

 ‘Millat” degan so’zi turli hil narsalarni o’zida mujassam qilib, uni turli hil sohalarga ajratish mumkin. Koreys halqining millatchiligi davlatni olg’aga surishdir. Va bunga binoan fuqarolik millatini aniqlaydigan standarti bo’ladi. Siyosiy jihatdan demokratik jamiyat bo’layotib,  toza nasl-nasabni buzmasdan saqlab, faqat o’zini millatini o’ylashni millatchilik deb aytsa bo’ladi. Faqat o’zini millatini o’ylaydigan millatchilikning farqli tomoni shundaki, davlatni o’zidan ko’ra birinchi navbatga qo’yadi. Bu narsa Germaniya va Yaponiya davlatlalarining millatchiligiga o’xshaydi. Lekin Koreyaning millatchiligi oldinlar ham shunaqa bo’lganmikin? Nimaga Koreya millatchiligi Germaniya va Yaponiya millatchiligini qabul qilishga to’gri kelgan ekan?

19 asr boshida Yaponiya va Amerikada ta’lim olgan kishilar hamda Yaponiyadan kelgan kitoblarni o’qigan insonlar Choson davri(qadim zamondagi Koreya) yuqori toifali insonlar edilar. Bu insonlar uchun diqqatga sazovor bo’lgan davlat modeli- Amerika bo’lsa-da, lekin 100 yil oldin Koreya jamiyati aslida Amerika demokratiyasiga qarab yurishning iloji yuq edi. Xayoliy orzu bo’lgan holos. Haqiqatda eng yaqin model-Yaponiya millatchiligi bo’lgan. Shu sababli Yaponiya millatchiligining modelini qabul qilgan.

Yaponiya millatchiligining modelini qabul qilayotib nasl-nasab to’grisidagi fikr juda chalkashib ketdi. Sanoat revolutsiyasi davrida Yaponiyada nasl-nasabni 2 hil deb fikr qilishgandi. Boshqa halqlar bilan turmush ko’p qursa irqchilik rivojlanadi( yani odamlar chiroyli bo’lib tug’iladi), 2-tomondan esa yapon xalqi bir oila deb fikr qilganliklari sababli boshqa davlat qo’shilishi mumkin emas deb o’ylangandi. Bular orasida ko’plab yaponiyaliklar halqaro turmush haqida ko’p havotirlangan edilar, Koreyaga ham bu narsa ta’sir qilgan. Koreya sanoat revolutsiyasi davridagi barcha gazetalarni ko’rsangiz, boshqa millat bilan turmush qurishga qarshi bo’lgan maqolalar ko’pligiga amin bo’lasiz.

Choson( ya’ni Koreya) Yaponiyaning qamrovida bo’lganida koreyslar nasl-nasabni saqlaydigan (boshqa millatlar bilan turmush qurmaslik) fikr asta-sekin kuchayib bordi. Chunki Chosonni Yaponiyaga aylantirish maqsadida koreys va yapon xalqining turmushi rag’batlantirilgan edi. Bu narsa koreys xalqi uchun koreys halqini yuq qilish siyosati, ularning fikrlashlarini ham yaponlar singari fikrlash, til va madaniyatni ham o’zgartirish siyosati edi. Koreya Yaponiya qamrovi mobaynida millatini himoyalash uchun koreyslar yanada nasl-nasabni muhim deb o’ylashdan boshqa iloji yo’q edi.

Yaponiyadan ozod bo’lish va iqtisodiyotning rivojlanish davrlari o’tib, 1990 yilda davlat bozorida arzon ishchi kuchu kerak bo’lib qoldi. Sharqiy-janubiy Osiyoda Koreya davlati tanilib, Sharqiy-janubiy Osiyodan odamlar kirib kelib ishlash yoki turmush qurish holatlari yuzaga keldi. Buning natijasida nasl-nasabga(qondoshchilikka) chek qo’yildi. Endilikda boshqa millat bilan turmush qurish gayritabiiy hol bo’lib qolmay, boshqa millat qonining aralashmasidan qo’rqmaydigan bo’ldilar.

Lekin oldingidek migrant va turmush o’rtog’ining oilasi orasida farqlanish bor. Bu farqlanish iqtisodiy farqdir. Boshqa millat bilan turmush qurish orqali qonning aralashganligi muammo emas, balki halqaro turmush qurgan insonlarning kambag’alligi tufayli farqlanishga duch kelmoqdalar.

Hozirgi paytda migrantlar harakati g’ayratli ravishda amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, lekin oldingidek koreyslar migrantlarning vatani bulgan Osiyo madaniyati haqida qiziqishi yuq edi. Migrantlar o’zining madaniyatlari bilan tanishtirishlari kerak. Judayam chuqur o’ylovga tushmang. Siz o’z vataningiz she’ri yoki romanlarini koreys tiliga asta-sekin tarjima qilib, ularni tanishtirishga harakat qilib ko’ring! Agar sizlar bunday yo’l tutsanglar Koreya madaniyatining urf-odatlari  turli hil bo’lib o’zgaradi.

Sizning mamlakatingizda ham millatchilik mavjud bo’ladi. Bu haqda havotirlanib fikrlashni va harakati boshqa insonlardan farqli bo’lgan soni ko’p bo’lmagan insonlarning farqlanishga duch kelmaganligi, davlatning qilayotgan barcha harakatlari to’g’ri degan fikrning borligini va yo’qligini o’ylab ko’ring. “ Koreyada mavjud bo’lgan millatchilikni yengish” ma’nosida emas , balki “ butun dunyoda mavjud bo’lgan millatchilik nima qilsa yo’q bo’lishi”ni o’ylab yashashayotgan migrantlar ko’p bo’lishini umid qilib qolamiz

 

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN