HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Ustunlar > O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

    O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i
    Admin     2008/01/20 1:30 pm


O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan.


Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsolidir.

3. Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.

5. Navqiron yarimoy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.

6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz o’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida «nujum ilmi» taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Hae Seung Kim
Supported by ONTOIN