HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
E’lonlar
Nashrga tayyor yangiliklar
Voqea hodisalar ro’yhati
Rasmlar
Bog’liq saytlar
- Seoul
- GyeongGi-Do
- InCheon
- GwangJu
- DaeGu
- BuSan
- GangWon
- GyeongSangNam-Do
- GyeongSangBuk-Do
- JeolLaBuk-do
- JeolLaNam-do
- ChungCheongNam-Do
- ChungCheongBuk-Do
- JeJu-Do
Ustunlar
 Home > Ochiq galereya > Nashrga tayyor yangiliklar  > Hozirgi suhbatimiz koreys turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng meros qiymatini aniqlash haqida.

    Hozirgi suhbatimiz koreys turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng meros qiymatini aniqlash haqida.
    Admin     2008/01/15 9:15 am
Yaqinda fuqarolikka ariza berish maqsadida tailandlik «J» honim chet elliklar bilan suhbat olib borish markaziga tashrif buyurdi. J honim koreyada ishlayotib koreysga tumushga chiqdi va bir farzandlik bo'ldi. Lekin bola tug'ilishidan oldin J honimning turmush o'rtogi hayotdan ko'z yumdi, J honim esa qayniakasini uyida hayot kechirib, farzand ko'rdi.

Fuqarolikka ariza berish uchun meros tasdiqlovchi qog'oz kerak bo'lib, J honim  moliyaviy jihatdan og'ir ahvolda edi. J honim fuqarolikka ariza berish uchun hamma asoslari yetarli bo'lganligi sababli erining oilasi yordam ko'rsatsa koreys fuqaroligini olish imkoniyati bor edi. Lekin qarindoshlari unga hamroh bo'lmasdan vataniga ya'ni Tailandga qaytishini talab qilganligi sababli markazga tashrif buyurdi. Maslahatchi hodim maxrum erining 13-oyligi qolganligini o'ylab aloqador korhonaga qo'ng'iroq qilib, nafaqa fondida J honimning turmush o'rtog'i vafot etgandan so'ng  kelajakda nafaqa pulini olishini va eri yig'gan mablagi borligini aniqlab berdi. J honim esa shu paytgacha bu haqda umuman bilmas edi.

Maslahatchi hodim J honimdan mablag' bilan aloqasi bor hujjatlarga imzo yoki muhr quyganligi va bankda hisob raqamini ochganligini surab ko'rgach, bunday hujjatlarga imzo quymaganligi, ammo qayni akasi koreys pasporti(koreyada beriladigan vizali kartochka)ni so'rab olgani aniqlandi.

Suhbat markazida aniqlanishicha, qayniakasidan boshlab butun qarindoshlari J honimning koreys pasportini olib, unga bildirmasdan maxfiy ravishda bankda hisob raqamini ochgandan so'ng hotini hisob raqamiga ko'chirganligi fosh etildi. Qarindoshlari J honimga shu paytgacha kun ko'rish uchun har oy 200.000vondan berib kelib, keyinchalik undan ham maxrum qilganlar.

Yuqorida roy bergan hodisa singari, koreys bilan turmush qurgan chet el ayollar orasida marhum erining boyligi togrisida bilmaganligi sababli keyinchalik zarar korgan ayollar ham bolishi mumkin. Migrant hotin yoki er koreys tilini yaxshi bilmay, Koreya qonunlari va tizimi haqida tassavvuri bolmaganligidan foydalangan atrofdagi insonlar boylikni tortib olgan holatlar ham bolib turadi. Koreys turmush ortoq vafot etganda oldin 13-oyligi yoki malum bir miqdorda puli borligini, marxumdan qolgan boyligi qancha ekanligini astoydil korib chiqish kerak. Marhum turmush ortogining bankda pul quygan holati bolsa, moliyaviy muassasada hisob raqamidagi pul miqdorini aniqlasa boladi, nafaqani esa aloqador muassasaga murojaat qilib aniqlash mumkin.   

Qanchalik yaqin qarindosh bolishidan qattiy nazar ozingiz bilmagan hujjatni olib kelib marhumning vafoti uchun guvohnoma olish uchun taalluqli hujjatga imzo yoki muhringiz kerak deb aytsa ham etiborsizlik qilib imzo yoki muhr qoyish man etiladi. Yana koreys pasportini olib ketib, qalbaki hujjat ham tayorlashi ham mumkinligi sababli yaqin odamingiz talab qilsa ham koreys pasportizni bermaslikka harakat qiling. Yana yuqorida roy bergan holatga duch kelsangiz yaqin Chet elliklarni qollab quvvatlash markaziga murojaat etishingizni va bunday vaziyatlarga tushmasligizni umid qilib qolamiz.

view list 

Jump to:  


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN