Yaqinda fuqarolikka ariza berish maqsadida tailandlik «J» honim chet elliklar bilan suhbat olib borish markaziga tashrif buyurdi. J honim koreyada ishlayotib koreysga tumushga chiqdi va bir farzandlik bo'ldi. Lekin bola tug'ilishidan oldin J honimning turmush o'rtogi hayotdan ko'z yumdi, J honim esa qayniakasini uyida hayot kechirib, farzand ko'rdi. Fuqarolikka ariza berish uchun meros tasdiqlovchi qog'oz kerak bo'lib, J honim moliyaviy jihatdan og'ir ahvolda edi. J honim fuqarolikka ariza berish uchun hamma asoslari yetarli bo'lganligi sababli erining oilasi yordam ko'rsatsa koreys fuqaroligini olish imkoniyati bor edi. Lekin qarindoshlari unga hamroh bo'lmasdan vataniga ya'ni Tailandga qaytishini talab qilganligi sababli markazga tashrif buyurdi. Maslahatchi hodim maxrum erining 13-oyligi qolganligini o'ylab aloqador korhonaga qo'ng'iroq qilib, nafaqa fondida J honimning turmush o'rtog'i vafot etgandan so'ng kelajakda nafaqa pulini olishini va eri yig'gan mablagi borligini aniqlab berdi. J honim esa shu paytgacha bu haqda umuman bilmas edi.
Maslahatchi hodim J honimdan mablag' bilan aloqasi bor hujjatlarga imzo yoki muhr quyganligi va bankda hisob raqamini ochganligini surab ko'rgach, bunday hujjatlarga imzo quymaganligi, ammo qayni akasi koreys pasporti(koreyada beriladigan vizali kartochka)ni so'rab olgani aniqlandi.
Suhbat markazida aniqlanishicha, qayniakasidan boshlab butun qarindoshlari J honimning koreys pasportini olib, unga bildirmasdan maxfiy ravishda bankda hisob raqamini ochgandan so'ng hotini hisob raqamiga ko'chirganligi fosh etildi. Qarindoshlari J honimga shu paytgacha kun ko'rish uchun har oy 200.000vondan berib kelib, keyinchalik undan ham maxrum qilganlar.
Yuqorida ro’y bergan hodisa singari, koreys bilan turmush qurgan chet el ayollar orasida marhum erining boyligi to’g’risida bilmaganligi sababli keyinchalik zarar ko’rgan ayollar ham bo’lishi mumkin. Migrant hotin yoki er koreys tilini yaxshi bilmay, Koreya qonunlari va tizimi haqida tassavvuri bo’lmaganligidan foydalangan atrofdagi insonlar boylikni tortib olgan holatlar ham bo’lib turadi. Koreys turmush o’rtoq vafot etganda oldin 13-oyligi yoki ma’lum bir miqdorda puli borligini, marxumdan qolgan boyligi qancha ekanligini astoydil ko’rib chiqish kerak. Marhum turmush o’rtog’ining bankda pul quygan holati bo’lsa, moliyaviy muassasada hisob raqamidagi pul miqdorini aniqlasa bo’ladi, nafaqani esa aloqador muassasaga murojaat qilib aniqlash mumkin.
Qanchalik yaqin qarindosh bo’lishidan qattiy nazar o’zingiz bilmagan hujjatni olib kelib ‘marhumning vafoti uchun guvohnoma olish uchun taalluqli hujjatga imzo yoki muhringiz kerak deb aytsa’ ham e’tiborsizlik qilib imzo yoki muhr qo’yish man etiladi. Yana koreys pasportini olib ketib, qalbaki hujjat ham tayorlashi ham mumkinligi sababli yaqin odamingiz talab qilsa ham koreys pasportizni bermaslikka harakat qiling. Yana yuqorida ro’y bergan holatga duch kelsangiz yaqin Chet elliklarni qo’llab quvvatlash markaziga murojaat etishingizni va bunday vaziyatlarga tushmasligizni umid qilib qolamiz.