HOME | SEARCH | LOG IN | SIGN UP
Kirish Konsultatsiya Ta’lim Tadbirlar Tibbiy xizmatlar Media Ochiq galereya
Kirish so'zi
Markaz haqida ta’rif
Tashkiliy tuzilma
Markaz tarihi
Markazning ish vaqti
Markaz manzili
 Home > Kirish > Markaz haqida ta’rif
    Markaz ta'rifi

Koreya-80 yillar o’rtasidan boshlab rivojlanayotgan davlatlar darajasiga yetib, chet ellik ishchilarni yollashni boshladi. Ayniqsa 1988 yil Seuldagi Olimpiya o’yinlaridan so’ng iqtisodiy rivojlanish davom etayotgan bir paytda Koreyadagi ishchilarning o’z huquqini bilish va daromad oshishi kabilar takomillashgan paytda xavfli va og’ir hamda atrofi zararli 3D(yani DDD -Dangerous, Difficult, Dirty ingliz tilidan olingan bo’lib xavfli, og’ir, kir) sanoat tarmog’ida ishlashdan bo’yin tovlamachilik ko’paydi.

90 yillarga kelib ko’plab migrant ishchilar Koreyaga kelib ishlashni boshladilar. Adliya vazirligining ma’lumotlariga asosan hozirgi paytda Koreyada istiqomat qilayotgan chet ellik ishchilar soni 500.000ni ko’rsatmoqda. Koreyada ishlayotgan migrant ishchilar koreys tilini bilmasliklari va madaniy farqlanish tufayli qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. Ayniqsa 3D sanoat ishlab chiqarishidagi ishchilar ishxonaning zararli atrof-muhiti va oylik maoshining kechiktirilishi, qalloblik, ishlab chiqarishda zarar ko’rish, turli hil baxtsiz xodisalar, kasallik kabilar vujudga kelib, farqlanish kabi inson huquqlarini oyoq osti qilinishiga duch kelmoqda.

Chet ellik ishchilarni qo’llab quvvatlash markazi – bularni bartaraf etish maqsadida adolat asosida tashkil topdi. Markazda amalga oshirilayotgan turli xil dasturlar orqali chet ellik ishchilarga eng kerakli bo’lgan ta’limni olib borib, ajoyib hamda beqiyos koreys xalq madaniyatini o’rgatib, ularning boshidan kechirayotgan muammolar ostida maslahatlar berib, barcha ijtimoiy uskunalar ta’minoti yordamida chet ellik ishchilarga qo’lidan kelgancha yordamini ayamay qoniqish va baxt berib kelmoqda. Bunda davlat obro’sini tushishiga yo’l qo’ymaslik, yanada ijobiy ravishda davlat obro’sini oshirish orqali millatlar qiziqishi va davlat shuhratini osmonlarga ko’tarishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Globalizatsiya davri ekan, barcha insonlar bir oiladir. Chegara so’zi yo’qoldi. Odamzod irq va din, til va davlatni ko’klarga ko’tarib, mavqeli tashkilotga aylandi. Chet ellik ishchilarni qo’llab quvvatlash markazi bunday g’oya asosida chet ellik ishchilarning insoniy huquqlarini kengaytirish va ijtimoiy hayotini ta’minlash uchun barcha kuchini ishga solib harakat qiladi.

 

 

Jump to:  
 


KMcenter 137-1 Garibong 1 Dong, Guro-Gu, Seoul.
Copyright by 2004 MigrantWorkers Center in Korea. All right, reserved. Representative : Son Jong Ha
Supported by ONTOIN