2010yil 7 noyabr yakshanba kuni Chet elliklarga yordam markazi hamda Koreya Moliya Vazirligi homiyligida "Qalblarni birlashtiruvchi sport musobaqasi" deb nomlangan musobaqa tadbiri o`tkazildi. O`zbekiston, Vetnam, Indoneziya, Xitoy davlatlari o`rtasida olib borilgan futbol musobaqasi juda qiziqarli tarzda bo`lib o`tdi. Musobaqada futbol, estafeta arqon sakrash kabi o`yinlar bo`yicha bellashib, bundan tashqari Koreyaning milliy liboslar gollereyasi ham bo`ldi. Gollereyada Immigrantlar esdalik uchun foto sur`atlarga tushdilar.. Koreyada mehnat faoliyati jarayonida qiyinchlikka uchraganlar uchun ish bilan bog`liq maslahatxona ham tashkil qilinib, chorasiz qolganlarga yordam ko`rsatildi. Mazali taomlar va esdalik sovg`alarga boy bo`lgan tabdir barchani xushnud qildi. O`zbekiston terma komandasi 2 o`rinni egallab, 300.000von hamda turli sovg`alar bilan mukofotlandi.
|