Uyga qaytish xarajat sug`urtasi, bu muhojir ishchilar yashash muddati yakunlanib, uyga qaytayotganda kerak bo`luvchi xarajatni oldindan olib qo`yish uchun yaratilgan sug`urtadir. Lekin xozirda bu sug`urta pulini qaytarib olmayotgan ishchilar ko`payib borayotganligi haqida ma`lumot berishmoqda. Sugu`rtaga ariza berish haqida batafsil ma`lumot beramiz.
Bu sugu`rtaga azo bo`lish majburiy bo`lib, odatda davlatga ilk kirib kelganlar, 3kunlik mehnatga tayyorlash muassasasida azo bol`uvchi arizani to`ldiradilar. Qayta yollanib, davlatga kirgan ishchilar esa 3kunlik darsdan ozob bo`lganligi sabab o`zlari sugu`rta tashkiloti bilan bog`lanib, sugu`rtaga azo bo`lishlari kerak bo`ladi.
Sugu`rtaga azolik shartnomasini to`ldirganlaridan so`ng ish boshlangan kundan boshlab, 80kunning ichida sug`urta pulini tolashlari kerak bo`ladi. Sugu`rta haqida batafsil Koreya ijtimoiy resurslarni ta`minlovchi tashkilot yoki sug`urta tashkilotidan olishingiz mumkin.
(자막) Sansongxuaje sug`urta koll markazi ☎ 02-2119-2400 |
Sugu`rta pulini shartnoma vaqti yoki Koreyada yashash muddati yakunlanganda o`z xohishi bilan qaytish yoki deport holatlarida qaytarib olishga da`vo qilish mumkin bo`lib, faqat qisqa muddatga uyga borib kelishda sug`urta pulini qaytarib ololmaydilar.
Ariza berish tartibi, Mehnat agentligidan uyga qaytish haqida tasdiqlovchi guvohnomani olib, sugu`rta arizasini to`ldirib, nomingizdagi bank hisob kitobchasining nusxasi, passport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi IDkart nusxasini sugu`rta tashkilotiga junatish kerak bo`ladi.
(자막) Sug`uraga ariza berishda kerakli hujjatlar Uyga qaytish haqida tasdiqlovchi guvohnoma, sugu`rta arizasi, nomingizdagi bank hisob kitobchasining nusxasi, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (ya`ni passport, IDkart) |
Bordiyu siz ta`til olib, uyga ketib, Koreyaga qaytaolmasangiz, yoki shoshlinch Ozbekistonga ketish kerak bo`lib sugu`rta pulini qaytarib olmasdan ketsangiz, O`zbekistondagi EPS markaz yoki tashqi magratsiya agentligi orqali ariza berib, pulingizni qaytarib olishingiz mumkin.
Qaytarib ololmagan sug`urta pulingizni qonuniy xarakati davom etayotgan vaqtdagini olishga davo qilishingiz mumkin bo`lib, bordiyu ishchi turli sabab bilan vafot etsa, uning oilasiga sugu`rta puli qaytariladi.
Iyul oyidan Inchyon aeroportida ham sug`urta pulini qaytarib olishingiz mumkin bo`lib, shoshilinch uyga qaytayuotgan ishchilar aeroportda sugu`rtaga ariza berib, pulingizni albatta olib keting.